Bugun, 15 iyun kuni Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari va ularning oila a`zolari “Biz sog`lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida salomatlik aksiyasida ishtirok etdi.
Nukus shahrining Beruniy ko`chasi chorrahasidan boshlangan 5 kilometrli yurish aksiyasi garnizon Ma`naviyat va ma`rifat markazi oldida yakunlandi. Aksiyada mingga yaqin harbiy xizmatchilar, shahar aholisi hamda Qurolli Kuchlar faxriylari faol ishtirok etishdi.

Eng faol ishtirokchi oilalar Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi tomonidan diplom hamda sovg`alar bilan taqdirlandi.

Ta`kidlash joizki, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz bo`ylab o`tkazib kelinayotgan sog`lomlashtirish tadbirlari orqalini aholi sog`lom turmush tarzini olib borishni odat qilishiga, ayniqsa yoshlar va ayollar salomatligini tiklashga, ortiqcha vazndan halos bo`lishga xizmat qilib kelmoqda.

Odatga kirib qolgan sog`lomlashtirish tadbirlari harbiy xizmatchilar oila a`zolarining nafaqat jismoniy salomatligi, balki oilalar o`rtasida jipslik, hamjihatlikni ham ta`minlamoqda.
Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati






