Qozog`istonda bo`libo`tgan prezident saylovlarining natijalari e`lon qilindi, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.
Unga ko`ra,vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi Qosim-Jomart Toqaev - 70,13 foiz ovoz to`plab yaqqol peshqadamga aylangan. 7 nafar nomzodlarga ovoz berish uchun mamlakat bo`ylab 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari tashkil etilgan. Nur-Sulton hamda Olmaota shaharlarida esa saylovlarni noqonuniy, deb hisoblayotgan minglab kishilar mitinglar o`tkazishdi.Ularning ta`kidlashicha,saylovlar adolatsiz va demokratiyaga zid ravishda o`tkazilmoqda, natijalar esaavvaldan ma`lum. Huquq-tartibot organlari namoyishchilarni tarqatish uchun kuch ishlatishga majbur bo`ldi.






