AsosiyDunyo

Hindistonda anomal issiqlik va qurg`oqchilik hukm surmoqda

'Hindistonda anomal issiqlik va qurg`oqchilik hukm surmoqda'ning rasmi

Hindistonning Karnataka va shu kabi bir nechta viloyatlarida anomal issiqlik hamda qurg`oqchilik hukm surmoqda, deya xabar qilmoqda Report nashri.

Bu holat, ayniqsa, fermerlarga katta zarar keltirmoqda. Suv hamda oziq-ovqat etishmovchiligi tufayli fermer xo`jaliklarida qoramollar halok bo`lmoqda yoki kasallikka chalinmoqda. Ziyondan qochish maqsadida fermerlar ularni arzon narxlarda sotib yuborishga majbur bo`lishyapti. Dehqonlarning so`zlariga ko`ra, ekinlarni sug`orish u yoqda tursin, ichish uchun ham etarli suv yo`q.

    Boshqa yangiliklar