AsosiyJamiyat

Kursantlar zirhli texnikalarda ko`ngli o`ksik bolajonlarni o`zgacha tabriklashdi

'Kursantlar zirhli texnikalarda ko`ngli o`ksik bolajonlarni o`zgacha tabriklashdi'ning rasmi

Kecha 30 may kuni, 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanvuchilari holidan xabar olib, ularni o`zgacha usulda bayram bilan muborakbod etishdi.

Qalbi zavqu shavqqa to`lgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mehmonlarni xursandchilik kayfiyati bilan kutib olishdi.

Harbiy xizmatchilar Mehribonlik uyiga harbiy texnikalarda kirib borganda bolajonlarning yuzida hayrat va quvonch hissi paydo bo`ldi. Ko`ngli yarim bolajonlar harbiy texnika va jangovar qurollar bilan tanishib, o`z qo`llari bilan ularni ushlab ko`rdilar.

Bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehmonlar ko`nglida unutilmas iz qoldirgan bo`lsa, harbiylar tomonidan 108 nafar turli yoshdagi o`g`il-qizlarga tarqatilgan kitoblar va turfa sovg`alar haqiqiy bayram sovg`asiga aylandi.

Tashrif so`ngida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining aksariyat qismi kelajakda, albatta, harbiy bo`lib O`zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman degan fikrni bildirdilar.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar