Serbiya va Kosova orasidagi vaziyat tobora taranglashib bormoqda, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosova yoki Metoxijada yashaydigan serblar hayoti xavf ostida qoladigan bo`lsa, milliy armiyani jangovor holatga keltirishi haqida ogohlantirdi.Kosova maxsus kuchlari serblar yashaydigan hududda reyd o`tkazgandan so`ng, 23 nafar Serbiya fuqarosi qo`lga olingan. Ular orasida polisiya xodimlari ham bor. Ana shundan so`ng, tomonlar o`rtasidagi vaziyat yomonlashgan. Serbiya rahbariziddiyat kuchaygan taqdirda hujumga o`tishini va g`alaba qozonishiga kafolat berishini ta`kidlamoqda.






