Fransiya polisiyasi mamlakatning Lion shahri markazida sodir etilgan portlash xolati yuzasidan gumondorlarning yangi suratlarini e`lon qildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bir necha kun avval markaziy ko`chalardan biriga portlovchi qurilma tashlab ketilgan va u masofadan turib harakatga keltirilgan edi. Hodisa oqibatida 13 kishi tan jarohati olgan. Xuquq-tartibot organlari kuzatuv kameralari orqali bir necha shubhali shaxslarni aniqlashgan. Jinoyat nima sababdan sodir etilgani hozircha noma`lum.






