AsosiyDunyo

14 barmoqli qizchaning ortiqcha barmoqlari kesildi

'14 barmoqli qizchaning ortiqcha barmoqlari kesildi'ning rasmi

Xitoylik jarrohlar 14 ta barmoq bilan tug`ilgan qizchaning ortiqcha barmoqlarini olib tashlashdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Ismi sir tutilgan, 14 ta barmoq bilan tug`ilgan uch yoshli qizcha kambag`al oilada dunyoga kelgan. Uning besh avlodida ham xuddi shu kamchilik kuzatilgan bo`lib, ular qambag`alligi bois jarrohlik operasiyasini o`tkazish uchun mablag` topisha olmagan.

Qizchaga Shenyan shahridagi kasalxonalardan birida ishlovchi shifokorlar yordam berishgan. Ular qizchaning ota —onasiga jarrohlik operasiyasidan keyin uning qo`li chiroyli ko`rinishga ega bo`lishiga va`da berishgan.

«Qizchaning har bir qo`lida ikkitadan ortiqcha barmoq bor edi. Bu juda kam uchraydigan hodisa. Qaysi barmoqni olib tashlash, qaysisini qoldirish kerak, degan savol ishimizni biroz qiyinlashtirdi», — dedi jarroh Chjan Sze. Operasiya muvaffaqiyatli o`tdi, shifokorlar nafaqat ortiqcha barmoqlarni olib tashlashdi, balki boshqa barmoqlarning shaklini ham to`g`irlashdi. Ayni aytda qizcha o`zini yaxshi his qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar