AsosiyJamiyat

Bank MIBga tashakkurnoma yubordi

'Bank MIBga tashakkurnoma yubordi'ning rasmi

Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 22.10.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor «Saloxiy» mas`uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi ATB «Qishloqqurilishbank» Toshkent mintaqaviy filiali foydasiga 349.730.307 so`m kredit qarzdorligi undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Xatirchi tuman bo`limi ish yurituviga 13.11.2018 yilda kelib tushib, ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning hisobidagi ko`chmas mulk, avtotransport vositasi yoki boshqa mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so`rov xatlari yuborilib, qarzdorning hisob raqamiga band solingan va natijasi bo`yicha 349.730.307 so`m qarzdorlik to`liq undirib berilishi ta`minlandi.

ATB «Qishloqqurilishbank» Toshkent mintaqaviy filiali MIB direktori nomiga tashakkurnoma yubordi.

    Boshqa yangiliklar