AsosiyJamiyat

​Toshkent-Jakarta-Toshkent yo`nalishi bo`yicha yangi arzonlashtirilgan narxlar e`lon qilindi

'​Toshkent-Jakarta-Toshkent yo`nalishi bo`yicha yangi arzonlashtirilgan narxlar e`lon qilindi'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK Toshkent-Jakarta-Toshkent aviaqatnovi uchun arzonlashtirilgan narxlarni belgiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 1 may kuni Toshkent – Jakarta – Toshkent yo`nalishi bo`ylab dastlabki parvoz amalga oshirilganligi haqida xabar bergan edik. Ushbu aviaqatnov ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga yordam berishi kutilmoqda.

Ma`lumki, 2018 yildan boshlab O`zbekistonga tashrif buyurmoqchi bo`lgan indoneziyalik sayyohlarga 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilingan edi. Bugungi kunda ushbu yaratilayotgan qulayliklar indoneziyaliklarning yurtimizga bo`lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keldi. O`tgan bir yil davomida Indoneziyadan mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 88% ortgani kuzatildi.
Sayyohlarning fikricha, mamlakatimiz indoneziyaliklarni madaniy meros obektlarimiz, xalqimizning urf-odatlari, go`zal tabiati, ayniqsa, ziyorat turizmi yo`nalishida o`ziga jalb qilmoqda.

Aviaqatnov dastlab yo`lga qo`yilganda chipta narxi 800 AQSh dollari miqdorida belgilangan edi. “O`zbekiston havo yo`llari” MAK ikki tomonlama hamkorlik va O`zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Toshkent – Jakarta – Toshkent yo`nalishidagi borish-kelish parvozlari uchun yangi, 641 AQSh dollari miqdorida narxlarni belgiladi.


    Boshqa yangiliklar