AsosiyJamiyat

​Kartoshka orasiga ekilgan ko`knori

'​Kartoshka orasiga ekilgan ko`knori'ning rasmi

Xonadonning fayzi, ko`rki uning tomorqasi bilan ham bog`liqdir. Tomorqaga, rizq-ro`z, dasturxonlarimizdagi to`kin-sochinlik shuningdek, daromad manbai sifatida qaraladi. Bejizga dono xalqimiz “Erni boqsang, er seni boqadi” deb aytmagan.

Biroq, ekilgan ekin rizq-ro`z emas balki zahri qotil bo`lsachi ? Unda har kim ekanin o`rishi ya`ni, javobgarlikka tortilishi muqarrardir.

Yaqinda, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamqorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, shunday jinoyat fosh etildi.

Tadbir davomida, Jarqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro X.X.ning xonadonixolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, yashash xonadonining tomorqa qismida kartoshka ekinlari orasida parvarish qilib kelinayotgan 6 tup ko`knori giyohvandlik o`simligi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar