Bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi olib borilayotgan chora tadbirlarga qaramay ba`zi bir fuqarolar tomonidan qing`ir xatti-harakatlar hali hamon kuzatilmoqda.
Xususan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasining «O`zbekiston» chegara bojxona postida aniqlangan qoidabuzarlik fikrimizga misol bo`ladi.
Mazkur post orqali qo`shni davlatdan kirib kelgan fukaro A.D boshqaruvidagi “SHAANXI” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. E`tiborlisi, faqatgina ko`mir mahsulotlari borligi ma`lum qilingan avtomashinada 3 dona qog`oz karobkalarga joylashtirilgan, jami 71 dona sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari ham yashirilganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.






