AsosiyJamiyat

​Oshxonadagi gaz ballonlarini almashtirayotgan vaqtida yong`in sodir bo`ldi

'​Oshxonadagi gaz ballonlarini almashtirayotgan vaqtida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

2019 yil 17 may kuni Farg`ona viloyatining Rishton tumanida yashagan Sh.B. ismli ayol uyi oshxonasida gaz plitasiga ulangan gaz ballonini boshqa gaz balloniga almashtirayotgan vaqtida ulardan sizib chiqayotgan gazdan yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Oqibatda uyining 70 kv.m. maydonida ichki va tom qismi yonib zarar ko`rgan hamda Sh.B. kuyish jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, xonadoningizda gaz uskunalaridan foydalanganingizda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Gaz texnikalarining soz holda ekanligiga hamisha e`tibor qarating. Zero, bu o`zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining kafolatidir.


    Boshqa yangiliklar