AsosiyJamiyat

Belorusiyalik harbiylar O`zbekistonga etib keldi

'Belorusiyalik harbiylar O`zbekistonga etib keldi'ning rasmi

Bugun, 17 may kuni Belorus Respublikasi harbiylari “Jangovar hamdo`stlik—2019” hamkorlikdagi mashg`ulotlarida ishtirok etish uchun Belorus armiyasining Harbiy-havo kuchlariga qarashli Il-76md harbiy-transport samolyotida Farg`ona aeroportiga etib keldi.

22 nafar belarus harbiy xizmatchisi polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida 20—27 may kunlari Namangan viloyatidagi “G`urumsaroy” poligonida o`zbeksitonlik mutaxassislar bilan o`tkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlarida qatnashadi.

Ushbu o`quv mashg`ulotlari O`zbekiston va Belorus respublikalari o`rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar