Turkmaniston Prezidentining farmoyishiga binoan Berdimuhamedov Serdar Gurbangulievich Axal viloyati hokimining o`rinbosari etib tayinlandi.
Yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan Serdar Gurbangulievich Turkmaniston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi. U bu lavozimga 2018 yilning mart oyida, parlament a`zoligiga saylanganidan keyin tayinlangan edi.
Serdar Berdimuxamedov 1981 yilda tug`ilgan. Moskva va Jenevada o`qigan. 2016 yil u Turkmaniston parlamentining deputatligiga saylangan edi.
2017 yilning bahor va yoz oylarida u bir qator xorijiy davlatlarga rasmiy tashrif buyurdi va yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan Rossiya Federasiyasi rasmiylari bilan uchrashdi. Shuningdek, Vatan oldidagi xizmatlari uchun mukofotlangan.






