AsosiyJamiyat

2019 yilda qaysi turdagi xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyati yaratiladi?

'2019 yilda qaysi turdagi xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyati yaratiladi?'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi davlat xizmatlari ko`rsatish tartibini soddalashtirish, taqdim etiladigan hujjatlar va muddatlarni qisqartirish yo`li bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali yangidan yangi xizmatlarni joriy etmoqda.

Xo`sh, 2019 yilda qaysi turdagi xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyati yaratiladi?

- Turgan joyi bo`yicha propiska qilish, propiskadan chiqarish, hisobga olish,

- Vaqtincha yashash (propiska) uchun ruxsatnomalarni berish va muddatini uzaytirish,

- Harbiy hisobga qo`yish,

- Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini o`rnatishga, echishga va tekshirishga ariza berish,

- Trenerlik faoliyati bilan shug`ullanishga ruxsat berish,

- Bolalarni davlat umumta`lim muassasalariga qabul qilish (eksperimental tarzda Toshkent shahrida),

- Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun hujjatlar topshirish,

- Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta`lim to`g`risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish, (ekvivalentlikni belgilash),

- O`zgalarning parvarishiga muhtoj bo`lgan keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanish va yo`llanmalarni rasmiylashtirish,

- Mehnat organlarida fuqarolarni ishsiz sifatida ro`yxatga olish,

- Ishsizlik nafaqasini tayinlash,

- Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma berish.

    Boshqa yangiliklar