AsosiyDunyo

Xitoy qirg`oqlarida Tayvan yuk kemasi cho`kib ketdi

'Xitoy qirg`oqlarida Tayvan yuk kemasi cho`kib ketdi'ning rasmi

Xitoyning sharqiy Chjeszyan provinsiyasiga yaqin qirg`oqda Tayvanning “London” nomli yuk kemasi cho`kib ketdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo`lgan, to`qqiz kishi bedarak yo`qolgan. Besh nafar ekipaj a`zosi qutqarilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, kema noma`lum sabablarga ko`ra mahalliy vaqt bilan soat 04:30 da suvga g`arq bo`lgan. Uning bortida 14 nafar Myanma va bir nafar Tayvan fuqarosi bo`lgan. Kema Tayvanning Gaosyun shahar portidan Taychjou shahri tomon yo`lga chiqqan edi. Ayni vaqtda qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar