Ilk marotaba AQShning hurmatli ayoli unvoniga qora tanli Mishel Obama sazovor bo`ldi, deb yozdi Lenta ru.nashri.
U sobiq bosh kotib Xillari Klintondan oldinga chiqdi. 2018 yilda Xillari Klinton yana bir qora tanli ayol – teleboshlovchi Opra Unfriga ro`yxatdan o`z o`rnini bo`shatib bergan edi.
Mishel Obamaga qadar Eleonora Ruzvelt (13 marotaba), Margaret Tetcher (6 marotaba), Jaklin Kennedi (5 marotaba), Tereza ona (4 marotaba), Nensi Reygan, Rozalinn Karter, Golda Meir (3 marotabadan), Betti Ford, Barbara Bush, Meymi Eyzenxauer (2 marotaba), Pat Nikson, Lora Bush, Etel Kennedi, Elizabet Kenni ( 1 marotaba) lar eng hurmatli ayollar ro`yxatida bo`lgan.






