Bugun, 28 dekabr kuni soat 5:50 da Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan "O`zelektroapparat" zavodi binosida yong`in yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB yong`in xavfsizligi xodimlarining tezkor harakati bilan yong`in qisqa muddatda o`chirilgani xabar berilgan.
Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko`ra, binoning 70 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo`q.
Yong`in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






