Prezident Murojaatnomada, hozir O`zbekistonda urbanizasiya darajasi 40 foizga ham etmasligi, agar zarur choralar ko`rilmasa, yaqin yillarda bu ko`rsatkich yanada pasayishi mumkinligini aytib o`tdi.
"Agar hozirdan choralar ko`rilmasa, ertaga qishloqlarimizning ahvoliga qarab bo`lmay qoladi", - dedi Prezident.
Bosh vazir A.Aripov mamlakatimiz aholisining urbanizasiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga etkazish bo`yicha Davlat dasturi ishlab chiqish mas`ul etib belgilandi.
Yangi yilda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari ijrosi uchun 4 trillion so`mdan ziyod mablag` ajratish ko`zda tutilmoqda.







