Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalarni sanab o`tdi.
Ochiq iqtisodiyot, sog`lom raqobat, investisiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, ish o`rinlarini ko`paytirish, yuqori iqtisodiy o`sishni ta`minlash, "yashirin" iqtisodiyotga qarshi kurashish, valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, malakali kadrlar tayyorlash kabilar shular sirasidandir.
Albatta, bu bordagi ustuvor vazifalar ham alohida qayd etildi. Buning uchun makroiqtisodiy barqarorlikni o`sish sur`atlarini saqlash, inflyasiyani jilovlashga e`tibor qaratiladi. Jahon tajribasini o`rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta`minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
Iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni to`g`ri yuritish davlatning iqtisodiy salohiyatini baholashda muhim. Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining 2018 yilgi Milliy hisoblar tizimini 2020 yil 1 yanvardan boshlab to`liq joriy etish lozim.






