AsosiyDunyo

Tokio sudi Nissan boshqaruv kengashi a`zolaridan biri ozod qilishini ma`lum qildi

'Tokio sudi Nissan boshqaruv kengashi a`zolaridan biri ozod qilishini ma`lum qildi 'ning rasmi

Tokio sudi Nissan korporasiyasi boshqaruv kengashi a`zolaridan biri Greg Kellini garov puli evaziga ozod qilishini ma`lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Kelli Nissan kompaniyasining sobiq rahbari Karlos Gon bilan bir vaqtda hibsga olingan va 19 noyabrdan beri Tokio qamoqxonasida saqlanib kelinayotgan edi. Unga kompaniya prezidentining moliyaviy o`yinlarda ishtirok etish ayblovi qo`yilgan. Greg Kelli uchun belgilangan garov puli 600 ming dollarni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar