Baxtiyor Rahmonqulov Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
Rahmonqulov shu kunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Eslatib o`tamiz, shu yilning 21 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo`jaev shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi.






