AsosiyJamiyat

Tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor

'Tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazi xabariga ko`ra, bugun, 26 dekabr va keyingi kunlarda Toshkent viloyatining 1500 metrdan baland tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

Shuningdek, 2018 yilning 27-31 dekabr va 2019 yilning 1-5 yanvar kunlari respublikamizning tog`li hududlarida qor ko`chishi bo`lishi mumkin. Fuqarolarni ogohlikka chorlaymiz.

Ertaga respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar