AsosiyJamiyat

Vatanparvarlik oyligi doirasida sog`lomlashtirish aksiyasi o`tkazildi

'Vatanparvarlik oyligi doirasida sog`lomlashtirish aksiyasi o`tkazildi'ning rasmi

Toshkent kichik halqa yo`li bo`ylab “Vatanparvarlik” marafoni bo`lib o`tdi. 12-15 kilometr masofani tashkil etgan marafon Crafers qandolat fabrikasidan boshlanib, Toshkent Janubiy vokzali oldida yakunlandi.

Mazkur marafon Prezidentimizning 2018 yil 13 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoyishi ijrosi va Vatanparvarlik oyligi doirasida Toshkent harbiy okrugi tomonidan tashkil etildi.

Unda mamlakat Qurolli Kuchlariga tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, o`quvchi-yoshlar va fuqarolar ishtirok etdi. Marafonda jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Sog`lomlashtirish aksiyasida yugurganlar ichida eng yosh ishtirokchi 15 yoshli Alixon Ahmadov, eng kattasi 72 yoshli Marat Avazov bo`ldi.

Ta`kidlash kerakki, mazkur aksiya harbiy xizmatchilar tomonidan aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzi targ`iboti tarzida o`tkazilib, yoshlarga o`rnak sifatida namoyish etildi.

Marafon shohsupasining barcha pog`onasidan Toshkent harbiy okrugi vakillari – Vladislav Mamedov, Andrey Kulikov va Bunyod Muhitdinov joy oldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, g`olib va sovrindorlar Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, Toshkent shahar hokimligi va Crafers qandolat fabrikasi tomonidan medal, diplom va televizorlar bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida marafon aksiyasi vatanparvarlik festivaliga ulanib ketdi. Unda harbiy xizmatchilar yoshlarga saf va qo`l jangi elementlarini namoyish etdi. Harbiy san`atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar tadbir ishtirokchilari kayfiyatini ko`tardi.

IMGL0969.JPG

IMGL1123.JPG

    Boshqa yangiliklar