Anhor-Lokomotiv» bog`ida O`zbekistondagi eng baland charxpalak attraksion foydalanishga topshirildi.
Eng yuqori nuqtasi 72 metr bo`lgan ushbu attraksion 48 yopiq turdagi kabinadan iborat. Ularning har biri ajoyib chiroqlar va o`ziga xos bayramona bezatilgan bo`lib, poytaxtimiz manzarasini yuqoridan tomosha qilish imkonini beradi. 
272 kishi bilan aylanishga mo`ljallangan charxpalakning bir aylanishi 12 daqiqani tashkil etadi. Shuningdek, aholi, ayniqsa, bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish va maroqli hordiq chiqarishini ta`minlash maqsadida «Anhor-Lokomotiv» bog`ida Yangi yil bayrami uchun ajoyib sovg`alar tayyorlangan.


Bu yilgi bayram kunlarini aynan «Anhor-Lokomotiv» bog`ida o`tkazishga sabablar ko`p. Jumladan, endi bog`ga tashrif buyuruvchilar avtomobilni qaerda qoldirish muammosi haqida bosh qotirmasa ham bo`ladi.

Shu yilning 22 dekabridan boshlab bog` hududida 500 avtomobilga mo`ljallangan ko`p qavatli avtoturargoh ish boshladi.






