2016 yilning dekabr oyida meksikalik Xuan Pedro Franko rasmiy ravishda dunyodagi eng og`ir odam sifatida qayd etilgan edi, deya xabar qilmoqda Mirror nashri.
O`sha vaqtda Xuan 590 kg. edi.
Xuan 225 kiloga ozgan. Yurak urishi to`xtashi xavfiga qaramay u jarrohlik operasiyasiga rozi bo`lgan. Hozirda uning oshqozoni tovuq tuxumidek keladi.
U 18 oy ichida muntazam jismoniy harakat va mashqlar yordamida 200 kg. vazn yo`qotgan. Hozirda esa qariyb 300 kilogrammni tashkil etmoqda uning vazni. Endilikda uning orzusi ushalgan – Xuan qadam tashlay oladi, ammo bir-ikki qadam xolos.






