Pollstar nashri so`nggi yillarda gastrollarda katta mablag` topayotgan honandalarni e`lon qildi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Birinchi o`rinda britaniyalik Ed Shiran. U 53 ta shaharda 94 ta konsert berib, 432 mln. dollar topgan.
Ikkinchi o`rinda Teylor Svift (345 mln. dollar).
Uchinchi o`rin esa Jay-Z va Beyoncega nasib etgan. Ular 39 ta shaharda 48 ta konsert berib, 119 mln. dollar mablag` yig`ishgan.






