Qarshi viloyati Qarshi shahrida huquq-tartibot organlari xodimlari o`z farzandini sotishga harakat qilgan ayolni qo`lga oldilar, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Hodisa joriy yil 11 dekabr kuni yuz bergan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, hali bir oylik ham bo`lmagan qizalog`ini sotishga uringan ayol "Yog`du" choyxonasi oldida qo`lga olingan.
"Ona o`z farzandini 10 million so`mga sotishga uringan", - deyiladi xabarda.
Jinoiy ish qo`zg`atilgan, hodisa sabablari o`rganilmoqda.






