Fazoda favqulodda vaziyatga uchragan “Soyuz MS-09” kemasi ekipaji Erga qaytdi, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Mazkur qurilma Qozog`iston hududiga qo`ngan. Rossiyalik fazogir Sergey Prokopev hamda Evropa koinot agentligi va NASA fazogirlari Aleksandr Gerst va Serina Aunyon-Chensellordan iborat guruh sog`-salomat erga qaytishdi. Ular koinotda bo`lgan vaqtda ilmiy-amaliy tadqiqotlar bajargan va stansiyani yangi qurilmalar bilan jihozlash ishlarini olib borgan. Avgust oxirida kema bilan mojaro chiqqan. Ekipaj a`zolari havo sizib chiqayotganidan darak beruvchi bosimning sekin-asta pasayotganini payqagach, kema shpanguotida kichik teshik borligini aniqlashgan.






