AsosiyJamiyat

Akademik lisey o`quvchilari xalqaro olimpiadada oltita medalni qo`lga kiritdi

'Akademik lisey o`quvchilari xalqaro olimpiadada oltita medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Singapurning ChemiCo kompaniyasi tomonidan dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 193 nafar o`quvchi ishtirokida kimyo fani bo`yicha xalqaro olimpiada o`tkazildi.

Unda O`zbekiston sharafini himoya qilgan kimyo fanlari nomzodi Elena Delyaridi rahbarligida tayyorgarlik ko`rgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik liseyi o`quvchilari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza jami 6 ta medalni qo`lga kiritishdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Jaloliddin Habibullaev oltin, Mahbuba Toirova kumush medalga sazovor bo`lgan bo`lsa, Ravshan Nosirov, Javohir Akbarov, Javohir Oxunov va Muzaffar Matmurodov bronza medaliga munosib bo`lishdi.

    Boshqa yangiliklar