AsosiyDunyo

Germaniyada 4 ta zebra sirkdan qochib ketdi

'Germaniyada 4 ta zebra sirkdan qochib ketdi 'ning rasmi

Germaniyaning Drezden shahrida 4 ta zebra sirkdan qochib ketdi, deb xabar berdi Layf nashri.

Taxminlarga ko`ra, sirk binosidagi kuchli shovqin ularni bezovta qilgan va jonivorlar qafaslaridan birgalikda qochib ketishgan. Shaharga chiqqach, ular turli tomonlarga tarqashgan. Zebralardan biri parlament binosi oldida, yana biri Elba qirg`oqlaridan topildi. Jonivorlarni topib qo`lga olish uchun 7 ta patrul mashinasi, polisiya guruhi va sirk xodimlari jalb qilingan. Ammo jonivorlardan biri sirkka qaytarilayotgan vaqtida halok bo`ldi. Bunga esa jonivorning kuchli emosional stressda bo`lgani sababdir.

    Boshqa yangiliklar