Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida Yangi yil poezdi o`z harakatini boshladi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Har yili bayram arafasida Bogotada vagonlari bayramona bezatilgan yo`lovchi tashuvchi poezd harakatlanadi. 14 ta vagondan iborat poezdning uzunligi 400 metrni tashkil qiladi. Unda bir vaqtning o`zida 600 nafar yo`lovchi sayr qilishi mumkin. Yangi yil poezdi 8 yanvarga qadar xizmat ko`rsatadi.






