Rossiyalik o`zbek milliarderi Alisher Usmonov Forbes jurnaliga intervyu berdi.
Suhbat davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida fikr bildirdi.
"Birinchidan, u Markaziy Osiyoga tinchlikni qaytardi va buni mintaqadagi etakchilar tan oldi. Bu juda muhim. Avvalgi boshqaruv davrida qardosh Tojikiston va Qirg`iziston chegaralari minalashtirilgan edi. Ilgari O`zbekistonning pozisiyasi tufayli tinchlikka erishish qiyin edi.
Ikkinchidan prezident Vashington bilan xuddi Moskva kabi teng huquqli munosabatni yo`lga qo`ydi.
Uchinchidan, O`zbekiston Afg`onistonda tinchlik o`rnatish masalasiga samarali echim topish uchun xalqaro maydonda katta rol o`ynay boshladi.
O`zbekistonda o`zgacha fikrlovchilarga nisbatan rejim erkinlashmoqda, mamlakatga kirish va chiqish bo`yicha mavjud bo`lgan taqiqlar yo`q qilinmoqda va hokazo. Bir so`z bilan aytganda, jamiyat, davlat va iqtisodiyot qayta tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev o`zbek xalqning ishonchini to`la qozona oldi. Men ishonaman, u bu ishonchni oqlaydi", - dedi milliarder.






