Belgiya Bosh vaziri Charlz Mishel iste`foga chiqishini e`lon qildi, deya ma`lum qilmoqda TASS nashri.
U bu qarorini Belgiya tomonidan BMTning Migrasiya paktiga imzo chekkanidan so`ng, siyosiy inqirozning kuchayishi bog`liqligi bilan izohladi. Parlamentda qilgan ma`ruzasi chog`ida Mishel muholifot va migrasiya kelishuviga qarshi namoyishlarda hukumat koalisiyasini tark etgan sobiq Yangi Flamand ittifoqi bilan umumiy til topisholmasligini tan oldi.






