BMTning Bosh assambleyasida qochqinlar bo`yicha Global kelishuv qabul qilindi, deb xabar qildi Interfax.ru nashri.
Mazkur hujjat muhojirlarning mahalliy mehnat bozoriga kirishini osonlashtirish, ularni vatanlariga xavfsiz qaytarishni ta`minlashga qaratilgan. Ushbu hujjat deyarli bir ovozdan ma`qullangan. Unga 181 ta davlat ovoz bergan bo`lsa, faqatgina AQSh va Vengriya unga qarshi ovoz berdi. Mazkur global kelishuv dunyodagi barcha qochoqlarga ijobiy ta`sir ko`rsatishi kutilmoqda.






