AQShning Kaliforniya shtatida maktab avtobusi halokatga uchradi, deya xabar berdi TASS nashri.
Avtobus engil avtomobil bilan to`qnashish oqibatida ag`darilib ketgan. Avtobusda jami 19 kishi bo`lib, YTH oqibatida ularning 13 nafari yaralangan. Ayrim jarohat olganlarning ahvoli o`ta og`ir. Engil mashinani mast holatdagi ayol boshqargan bo`lib, hodisa uning aybi bilan sodir bo`lgan.






