O`zbekistonning 12 nafar onlayn jurnalistlari 14-21 dekabr kunlari «Tojikiston-XXI asr» Mustaqil jurnalistika maktabining taklifiga binoan «Tojikiston va O`zbekiston jurnalistlari hamkorligini mustahkamlash» loyihasi doirasida Tojikistonda bo`lishdi. Jurnalistlar uchun Tojikistonning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etildi.
Jumladan, TALKO alyuminiy zavodi, Markaziy Osiyoda eng katta hisoblanadigan Tojikiston Milliy kutubxonasi, Safeddara tog`-chang`i majmuasi hamda qadimda Buyuk Ipak yo`lining muhim hududaridan biri bo`lgan Hisor vodiysi bo`ylab sayohatlar jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi.
Loyiha doirasida multimedia jurnalistikasi bo`yicha tajriba almashinib, ikki davlat jurnalistlari hamkorligini mustahkamlash yo`lida bajariladigan ishlar haqidakelishib olishdi.







