AsosiyJamiyat

Adliya xabari: ijtimoiy tarmoq orqali aniqlangan qonunbuzarlikka barham berildi

'Adliya xabari: ijtimoiy tarmoq orqali aniqlangan qonunbuzarlikka barham berildi'ning rasmi

So`ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarning mehnat huquqlari buzilishiga oid, xususan ish beruvchining aybi bilan xodimga oylik maoshini o`z vaqtida to`lab berilmayotganligi xususida ko`plab murojaatlar e`lon qilinmoqda.

Masalan, Izboskan tumanida yashovchi fuqaro T. Boltaboev feysbukning “Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhiga tumandagi Mexanika ta`mirlash korxonasida ishlab kelayotganligi, biroq, 2018 yil avgust oyidan buyon ish haqi berilmayotganligi haqida murojaat joylashtirgan.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mazkur holat o`rganilganda, “Andijon viloyat remont-mexanika” korxonasida fuqaro T. Boltaboev va yana 24 nafar xodimlarning bir necha oylardan buyon ish haqi to`lanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

Qonunchilikka ko`ra, ish beruvchi o`zining moliyaviy holatidan qat`i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haq to`lashi shart.

Mulkchilik shaklidan qat`i nazar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqi o`z vaqtida va to`lik to`lanishi uchun shaxsan javobgar.

Biroq, “Andijon viloyat remont-mexanika” korxonasi ma`muriyati
o`z majburiyatlarini buzib, 2018 yil 1 noyabr kuniga qadar xodimlarga jami 55 766 474 so`m ish haqi bermagan.

Yuqoridagilarga asosan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2018 yil 12 noyabr kuni xodimlar ish haqini zudlik bilan to`lash yuzasidan korxonaga rasmiy munosabat bildirildi.

Natijada xodimlar oldidagi mavjud 55 766 474 so`m qarzdorlik to`liq hisob kitob qilindi va to`lab berildi, qonun hujjatlari buzilishiga
yo`l qo`ygan bosh hisobchiganisbatan esa intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.

Fuqaro T. Boltaboevning birgina murojaati asosida yana 24 nafar xodimlarning ham buzilgan mehnat huquqi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar