Andijon viloyat tarixi va madaniyati muzeyida "Milliy hunarmandchilik va asriy an`analar davomiyligi" nomli ko`rgazma ochildi, deb xabar bermoqda O`zA.
Ko`rgazmada Andijon qo`g`irchoqlar maktabiga asos solgan hunarmand Manzuraxon Yusupova va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan qo`g`irchoqlar namoyish etilmoqda.
Hunarmandning "Kelin", "Kuyov", "Tohir va Zuhra", "To`ybola", "O`zbek xola" milliy qahramonlari mamlakatimizdan tashqari Amerika Qo`shma Shtatlari, Malayziya va Tailand kabi davlatlarda ham mashhur.
Manzuraxon Yusupova qadimiy an`analarni boyitib, milliy qo`g`irchoqlar yasash san`atini rivojlantirishga oid Amerika xalqaro jamg`armasi grantiga sazovor bo`lgan.












