Davlat xizmatlari agentligi va boshqa mas`ul idoralar mutaxassislari davlat xizmatlari ko`rsatish jarayonini takomillashtirish ustida doimiy ish olib bormoqda. Davlat xizmatlari markazlari (DXM) tashrif buyuruvchilari o`rtasida so`rovlar o`tkazish jamoatchilik fikrini o`rganishga imkon beradi, bu esa sohani yaxshilashga qaratilgan strategiya va dasturlarni shakllanishiga sezilarli ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Navbatdagi so`rovni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mutaxassislari olib borishdi. Ularning e`tiborini Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan taqdim etilgan xizmatlardan aholi roziligi darajasi tortdi. So`rov 2018 yil 5 noyabrdan boshlab 5 dekabrgacha davom etdi.
Mazkur so`rovnomaning qisqacha mazmuni.
Kim qatnashdi?
Tashrif buyuruvchilarning 72 % — jismoniy shaxslar, qolgani — yuridik shaxs.
Erkalar —55,6 %, ayollar esa — 44,4 % tashkil etdi;
Davlat xizmatlari oluvchilarining o`rtacha yoshi — 38-39 ni tashkil etdi.
DXMga nechi marotaba murojaat qilishadi?
So`rov natijalariga ko`ra, fuqarolarning yarmidan ko`pi (57 %) DXMga birinchi marotaba tashrif buyurdi, 27 % — ikkinchi marotaba (avval qoldirgan murojaati, yoki qolgan hujjatlarni taqdim etish uchun) va 16 % davlat xizmatlarini olish uchun muntazam ravishda murojaat etgan.
Bundan tashqari, DXMga muntazam ravishda murojaat etgan 5 nafar fuqarodan 3 tasi — yuridik shaxslar.
DXM haqida qaerdan xabar olishadi?
Axborot texnologiyalar rivojlanishiga qarmasdan, ma`lumotlarni tanishlar orqali olganlar soni aksariyatni tashkil etadi. Aynan shu usul bilan fuqarolarning ko`pchiligi zarur bo`lgan davlat xizmatlarini qaerdan olish kerakligini bilishgan. Tanishlar, hamkasb va qarindoshlar, shuningdek, kerak bo`lgan xizmatni avval ko`rsatgan tashkilotlar xodimlaridan respondentlarning 68 % dan ortig`i bilib olgan. Ommaviy axborot vositalarining asosiy turlari (internet, televidenie, radio va matbuot) orqali bilganlar foizi esa 24 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar orasida eng ommabop xizmatlar turi, davlat xizmatlarini navbatdan tashqari olish uchun qo`shimcha pul to`lash istagi va boshqalar o`rganildi.
Poytaxtimiz DXMlari o`rtasida xizmat oluvchilar roziligi darajasini belgilovchi reyting tuzildi. Mijozlar Toshkent shahar Yakkasaroy tuman DXMfaoliyatini eng yuqori 4,6 ballga loyiq deb topdilar. Eng “past” ko`rsatkichesa Mirzo Ulug`bek Markaziga berildi, ammo u ham “yaxshi” deya baholanib — 4,1 ballni tashkil etdi.
Umuman olganda, so`rov natijalariga ko`ra, fuqarolarimiz DXMlar faoliyatini yuqori baholab, 5 dan 4,3 ball berishdi. Kerakli xizmatni olgan shaxslar tashkilot faoliyatiga 4,4 ball berishdi, olmaganlar esa 4 ball.
Natijalar Davlat xizmatlari agentligi nisbatan yosh tashkilot bo`lsa-da, uning yurisdiksiyasida bo`lgan Markazlar allaqachon halqimiz ishonchi va e`tirofiga sazovor bo`lganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, fuqarolar davlat xizmatlarini olish jarayonini yanada yaxshilash uchun zarur bo`lgan kamchiliklarni ham qayd etishdi. Ularning ichida navbatlar, texnik nosozliklar, ERI olish majburiyati. Agentlik mutaxassislari ularni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Markazlar qulayliklarini oshirishga qaratilgan takliflar esa, albatta, yangi zamonaviy binolar barpo etishda inobatga olinadi.






