Bugun, 19 dekabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida kurash bo`yicha jamoalar o`rtasida O`zbekiston kubogi start oldi.
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida o`tayotgan bellashuvlar erkaklar o`rtasida 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha hamda undan yuqori, ayollar o`rtasida esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 kg.gacha va undan yuqori bo`lgan vazn toifalarida tashkil etilmoqda.
Erkaklar bahslarida 2000 yilda tug`ilgan va undan katta yoshdagi polvonlar, ayollar o`rtasidagi bellashuvlarda esa 2001 yil va undan oldin tavallud topgan sportchilar g`oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.
Musobaqa Nizomiga ko`ra har bir jamoa tarkibidan ko`pi bilan 14 nafar erkak va 16 nafar ayol sportchi o`rin olishi va bellashuvlarda ishtirok etishi mumkin.
MOQ xabariga ko`ra, bahslar ertaga nihoyasiga etadi.








