Belgilanmagan joylarda alkogol va tamaki mahsulotlar iste`moli uchun endi javobgarlik bor. Bu haqda Prezidentning «Yuqumli bo`lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida«gi qarorida belgilandi, deb yozadi O`zA.
Qarorga ko`ra:
- alkogol mahsuloti idishining yorlig`ida hamda tamaki mahsulotining qutisida (o`rovida) tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun asosiy maydon o`lchamini kengaytirish;
- tamaki mahsuloti qutisida (o`rovida) matnli yozuv va rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish;
- alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boruvchi organlarni hamda shunday nazoratni olib borishning mexanizmlarini aniqlashtirish;
- jamoat joylari va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlar iste`moli uchun javobgarlikni kuchaytirish;
- jamoat joylarda va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari iste`molini cheklash maqsadida vakolatli shaxslar tomonidan (korxona, tashkilot, muassasalarning ma`muriyatlari, shu jumladan, jamoat joylarida joylashgan inshoot, bino (imorat), boshqa ob`ektlar hamda transport vositalarining egalari) choralar ko`rilmagani uchun javobgarlik belgilandi.
Tarkibida yog`, tuz va qand miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda cheklovlar bo`ladi.
Bu haqda davlat rahbarining qarorida qayd etildi.
- Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining arterial gipertoniya, qandli diabet, bronxial astma va o`pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va boshqa yuqumli bo`lmagan kasalliklar bo`yicha klinik protokollar, standartlar hamda tavsiyalar talablarini;
- qo`llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi orqali tibbiy xizmatlarning uzluksiz baholash va sifatini oshirish mexanizmlarini;
- har bir bemor uchun yuqumli bo`lmagan kasalliklar va xavf omillari bo`yicha salomatlik profillarini yaratishni nazarda tutgan dasturiy ta`minoti tatbiq etiladi.
Endilikda oziq-ovqat mahsulotlar tarkibida yog`lar, tuz va qand miqdori yuqori bo`lgan mahsulotlar toifasiga kiritish mezonlari va tartibi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, tarkibida yog`lar, tuz va qand miqdori yuqori bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish (tayyorlash), sotish va iste`moli cheklanadi.






