AsosiyDunyo

Hindistonda ommaviy ovqatdan zaharlanish hodisasi kuzatildi

'Hindistonda ommaviy ovqatdan zaharlanish hodisasi kuzatildi 'ning rasmi

Hindistonning Karnataka shtatida ommaviy ovqatdan zaharlanish hodisasi kuzatildi, deya xabar berdi Vesti nashri.

Zaharlanish diniy tadbirdan so`ng ro`y bergan. Mazkur holat 11 kishining o`limiga olib keldi. Qurbonlar orasida yosh bolalar ham bor. Shuningdek, 100 dan ortiq insonlar shifoxonaga olib kelindi. Ulardan 29 nafarining ahvoli og`irligi xabar qilinmoqda. Zaharlanishga guruchli taom sabab bo`lgan, degan taxminlar bor. Mazkur hodisa yuzasidan 2 kishi so`roq qilinmoqda. Shtat hukumati qurbonlarning oilalariga 500 ming rupiy tovon puli to`lashini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar