AsosiyDunyo

2018 yil davomida 80 dan ziyod jurnalist halok bo`ldi

'2018 yil davomida 80 dan ziyod jurnalist halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil boshidan beri dunyoda 80 dan ortiq jurnalist o‘zlarining kasb faoliyati tufayli o‘ldirildi. Bu ro‘yxatni “Chegara bilmas reportyorlar” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkiloti ma'lum qildi.

Halok bo‘lgan jurnalistlarning ko‘pi beshta davlat - Afg‘onistonda 15 nafar, Suriyada 11 ta, Meksika shaharlarida 9 ta , Yamanda 8 ta va Hindistonda 6 tani tashkil qiladi.

Shu bilan birga, huquq himoyachilarining fikricha, qurolli mojarolar davom etayotgan Meksika o‘ldirilgan jurnalistlar soni bo‘yicha jahondagi eng xavfli mamlakat sifatida qolmoqda.

Harbiy mojarolar hududlarida 2018 yilning 11 oyi mobaynida 44 nafar jurnalist halok bo‘ldi.

    Boshqa yangiliklar