AsosiyJamiyat

Sudga majburiy keltirish qanday amalga oshiriladi?

'Sudga majburiy keltirish qanday amalga oshiriladi?'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko`ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo`yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, majburiy keltirish uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, jinoyat, ma`muriy yoki fuqarolik ishlari bo`yicha sudning ajrimi asos bo`ladi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha sud majlisiga majburiy keltirish voyaga etmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo`llanilmaydi.

Jinoyat ishlari bo`yicha voyaga etmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshiriladi.

Majburiy keltirish ichki ishlar organlari tomonidan soat 06:00 dan 22:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida amalga oshiriladi.

Majburiy keltirilishi lozim bo`lgan shaxsni yashash yoki ish joyidan topishning imkoni bo`lmasa bu haqida qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya 5 kun muddatda xabardor qilinishi lozim.

Majburiy keltirish bilan bog`liq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan undiriladi.

    Boshqa yangiliklar