AsosiyJamiyat

Quvasoydagi ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi

'Quvasoydagi ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi 'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Quvasoy shahridagi xususiy korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari» asosida tabiiy gazdan foydalanishning qonuniyligi va to`lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan monitoring o`tkazilgan.

Korxona rahbari Sh.S. ohak ishlab chiqarish sexida loyihadan tashqari 1 dona humdondan 20 ta nostandart gaz yondirgichlar orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelib, Farg`ona viloyat bo`yicha gaz ta`minoti hududiy filiali manfaatlariga jami 63 mln. 480,0 ming so`mlik moddiy zarar etkazgan.

Sh.S.ga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi mazmun‑mohiyati, xususan zararni bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda qoplashi lozimligi tushuntirilgan.

O`z harakatlarini noqonuniy ekanligini tushungan Sh.S. 13-16 noyabr kunlari davlat manfaatlariga etkazgan 63 mln. 480 ming so`m zararni to`liq qopladi.

Shunga ko`ra, to`plangan hujjatlar yuzasidan Sh.S.ning ayblilik masalasini hal qilmasdan turib, jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar