Toshkent IIBB yo`l-patrul xizmati inspektorining haydovchiga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinladi, deb xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.
"Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shu yilning 26 iyun kuni Yashnobod tumani Beshariq ko`chasida ro`y bergan holat - Yo`l-patrul xizmati inspektorining haydovchiga qo`pol munosabatda bo`lgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinladi", - deyilgan
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda inspektorning haydovchiga tahdid qilayotgan hodisa videosi tarqalgandi.






