AsosiySport

​O`zbekistonlik sportchilar bodibilding va fitnes bo`yicha jahon chempionatida uchinchi o`rinni qo`lga kiritishdi

'​O`zbekistonlik sportchilar bodibilding va fitnes bo`yicha jahon chempionatida uchinchi o`rinni qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Joriy yilning 11-17 dekabr kunlari Tailand qirolligining Chiang May shahrida bodibilding va fitnes bo`yicha kattalar va yoshlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.

Dunyoning 51 davlatidan 600 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini o`n ikki nafar sportchimiz himoya qildi.

Vakillarimiz jahon chempionatida quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Pavel Umurzakov – masterlar va kattalar o`rtasida 90 kg vazn toifasida bodibilding yo`nalishi bo`yicha 1-o`rin.

Elena Bekirova – model fitnes yo`nalishi bo`yicha, yoshlar o`rtasida 1-o`rin, kattalar o`rtasida 2-o`rin.

Doston Xasanov – kattalar o`rtasida atlet fizik yo`nalishida 1-o`rin.

Rushana Maksumova – model fizik yo`nalishida yoshlar o`rtasida 2-o`rin, kattalar o`rtasida 3-o`rin.

Alyona Nuraeva – atlet fizik yo`nalishida kattalar o`rtasida 2-o`rin.

Farxod Subxanqulov – bodibilding yunalishi bo`yicha kattalar o`rtasida 3-o`rin.

Musobaqa yakunlariga ko`ra, umumjamoa hisobida O`zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar