O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg`izistonga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg`iziston.
Xabarda aytilishicha, bugun, 18 dekabr kuni O`sh shahrida O`zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg`iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Yig`ilishda Qirg`iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziev ishtirok etadi.
Unda ikki davlat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi masalalarni muhokama etish rejalashtirilgan.
Qirg`iziston delegasiyasi tarkibida vazirlik va idoralar rahbarlari, Batken, Jalolobod va O`sh viloyati hokimiyatining vakolatli vakillari, shuningdek, chegara tumanlaridagi hududiy hokimiyat rahbarlari bor.






