Suriyaning Afrin shahrida yana bir portlash sodir etildi, deya ma`lum qilmoqda RT.com nashri.
Mahalliy telekanallarning tarqatgan xabarlariga ko`ra, bozor yaqinida bomba joylashtirilgan avtomobil portlatigan. Voqea oqibatida kamida 5 kishi qurbon bo`lgan va 20 dan ortiq odam yaralangan. Mazkur hodisa uchun javobgarlikni hozircha hech bir terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga olganicha yo`q.






